Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi
Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida muhim kelishuvlarga erishishdi
02.05.2024
Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida muhim kelishuvlarga erishishdi. Jumladan, Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Oʻzbekiston fijital sport federatsiyasi raisi Oleg Pekos boshchiligidagi mutasaddilar Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko hamda Xalqaro fijital sport federatsiyasi prezidenti Rene Fazel bilan uchrashuv oʻtkazishdi (https://olympic.uz/oz/news/6495).