Toshkent shahrida fijital sport musobaqasiga start berildi! 🎮⚽️🏀💃

Toshkent shahrida fijital sport musobaqasiga start berildi! 
07.10.2024

🎉 Do'stlar, bizda ajoyib yangilik! Bugun Toshkent shahrida fijital sport musobaqasiga start berildi! 🎮⚽️🏀💃

⚡️Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston fijital Sport Federasiyasi Bosh kotibi Elbek Maxmudov, Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Farrux Abduraimov va Osiyo o'yinlari sovrindori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi Zamira Sanokulova ishtirok etdi.

📅 Sport va jismoniy faollikni o'zida mujassam etgan musobaqa 3 xil yo‘nalishda respublikamizning barcha hududlarida reja-jadval asosida bo'lib o'tadi:

 

⚽️ Fijital-futbol (FIFA 24 Futbol 2x2) - virtual va real maydonlarda kim eng zo'r ekanligini tekshiramiz!

🏀 Fijital-basketbol (3x3 EA) - o'z mahoratingizni o'yinda ham, haqiqiy maydonda ham namoyish eting!

💃 🎶Figital-raqs (Just Dance) - keling, raqsga tushamiz va g'alaba qozonamiz!

 

🥇 Ishtirokchilarni qizg‘in bahs va adrenalindan tashqari har bir yo‘nalishda ajoyib sovg'alar kutib turibdi!

💥 Keling, ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlang, bu unutilmas tomosha bo'ladi! Kuchlilar g‘alaba qozonsin!

🏆 Hududiy bosqich musobaqasi natijalariga ko'ra g'olib jamoalar respublika birinchiligida ishtirok etadi.

 

🤩Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari-2025” musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi respublika bosqichida g‘olib chiqqan jamoa ishtirokchilari orasidan saralab olinadi.