O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro fidjital sammitida ishtirok etti

Joriy yilning 1-2 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro Fidjital sport federatsiyasi (Phygital International) tomonidan tashkil etilgan sammitda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
07.06.2024

Joriy yilning 1-2 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro Fidjital sport federatsiyasi (Phygital International) tomonidan tashkil etilgan sammitda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Sammitda Xalqaro Fidjital sport federatsiyasi prezidenti Rene Fazel, “Pyhgital International” xalqaro tashkiloti direktori Nis Hatt, Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” loyihasi rahbari Igor Stolyarov hamda 75 dan ortiq mamlakatlardan delegatsiya a’zolari ishtirok etdi. 

Sammitda Xalqaro Fidjital sport federatsiyasi tashkilotiga qo‘shimcha ravishda yana bir yangi tashkilot World Phygital Community” (WPC) tashkil etilganligi ta’kidlab o‘tildi hamda 2025 yilgi "Kelajak o‘yinlari - 2025" Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.SHuningdek, sammi doirasida Qazan shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari” loyihasi rahbari Igor Stolyarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tti hamda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.