Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan BRICS oʻyinlarida O‘zbekiston Fidgital Sport Federatsiyasining fidgital-futbol va fidgital-basketbol jamoalari 10 ta jamoa orasida 4-oʻrinni egallashdi.
2024 yilning 11 – 24 iyun sanalarida Qozon shahrida (Rossiya) BRICS o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli sport musobaqasida O‘zbekiston Fidgetal sport federatsiyasi delegatsiyasi nomidan fidgital-basketbol va fidgital-futbol sport jamoalari ishtirok etdi.
Mazkur musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yuqori natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida joriy yilning 7-9 iyun kunlari Belarussiyaning Minsk shahrida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “Palova-Fidgetal” sport musobaqalarida ishtirok etdi. Shu bilan birga, 10-12 iyun kunlari ular Belarus basketbol federatsiyasi bilan birgalikda yig‘inlarda qatnashishdi.
BRICSga a’zo mamlakatlar o‘yinlarida futbol bo‘yicha milliy terma jamoa Abxaziya, Rossiya, Kuba, Eron, Osetiya, Qozog‘iston, Vyetnam, Braziliya, Belarussiya va Venesuela terma jamoalari bilan kuch sinashdi. BRICS o‘yinlarida ilk bor ishtirok etayotgan fidgital-futbol jamoasi ushbu musobaqada 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek, fidgital-basketbol jamoasi Kuba, Armaniston, BAA, Belarus, Braziliya, Rossiya, Serbiya, Abxaziya va Kolumbiya jamoalariga qarshi 4-o‘rinni egalladi.