Belarus Respublikasi davlati bilan fidgital yo‘nalishida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda
Xalqaro aloqalar kengaymoqda
13.06.2024
Joriy yilning 7-12 iyun kunlari O‘zbekiston Fidjital Sport Federasiyasi xodimlari Belarus davlatiga tashrif buyurishdi. Xizmat safari davomida delegasiya a’zolari Belorussiya Respublika Olimpiya sport kolleji, “Minsk” basketbol klubi, Belorussiya Olimpiya qo‘mitasi, Belorussiya Olimpiya sport tibbiyoti va davolash markazi va Belorussiya basketbol federasiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida bir qator kelishuvlarga erishildi.