Ajoyib yangilik 🔥🔥🔥 Birinchi marotaba fidjital yo‘nalishida hududiy bosqich va Respublika bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tadi
Ajoyib yangilik🔥🔥🔥
Yurtimizda fidjital sport turini rivojlantirish, kelgusida nufuzli sport musobaqalariga, jumladan, 2025-yilda BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari – 2025”da ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoalariga sportchilarni saralab olish hamda milliy terma jamoani shakllantirish maqsadida fidjital-futbol (FIFA 24 Futbol 2x2), fidjital-basketbol (3x3 EA) va fidjital-raqs (Just Dance) yo‘nalishlari bo‘yicha fidjital yo‘nalishi bo‘yicha birinchi Respublika chempionatiga start berdi.
Barchani ushbu musobaqalarning 1-mintaqaviy bosqichida o‘z jamoasini tuzgan holda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Hududiy bosqich musobaqalari joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar 15 yosh va undan kata bo‘lishi lozim. Ishtirokchi jamoalarning maksimal soni 16 ta.
Hududiy bosqich musobaqalarining yakuniy natijasiga ko‘ra g‘olib jamoalar Respublika Chempionatida ishtirok etadi va eng iqtidorli saralangan sportchilardan terma jamoa tarkibi shakllantiriladi.
Tanlab olingan terma jamolari aʼzolari 2025-yil Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Kelajak o‘yinlari – 2025” sport musobaqalarida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha 97 712-12-20 (telegram) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.