Mamlakatimizada fidjital sport targ'iboti amalga oshirilmoqda.

Fidjital sport targ'iboti
23.09.2024

Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab kompyuterlashtirish davri va sport bilan bog'liq bo'lgan raqamlashtirish davri kechmoqda. Jumladan, futbol, basketbol, xokkey, velosport, stol tennisi va hatto skeytbord sport turlari ham fidjital sport ko'rinishiga ko'chib o'tmoqda. 


✅ Federasiyaning sport bo'limi boshlig'i X.Nasrullaev joriy yilning 19-22 sentyabr kunlari Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida xizmat safarida bo'lib qaytdi. 


🎮 Xizmat safari davomida yurtimizda fidjital sport turini rivojlantirish, hududlarda mazkur sport turini ommalashtirish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishish hamda hududiy boshqarmalar bilan hamorlikda Fijital sport bo'yicha O'zbekiston chempionatini o'tkazish ishlarini amalga oshirishni tashkil etish bo'yicha vazifalar ijrosi ta'minlandi. Jumladan Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilgan sport majmualari hamda sport - sog'lomlashtirish inshootlarida maxalliy sport boshqarmalari vakillari bilan birga Fidjital sport tadbirlarini o'tkazish uchun mosligi va amalga oshirilishi lozim bo'lgan tashkiliy masalalarni hal etish choralari ko'rildi. 
 


📅 Kelgusida fidjital sport o'yinlarini tizimli ravishda bosqichma - bosqich tashkil etish va o'tkazish maqsadida jamoatchilik asosida hududiy vakillar tayinlanib birlamchi aloqalarni o'rnatish ishlarini tashkil etildi. Bundan tashqari boshqarma tomonidan biriktirilgan xududiy vakillarning vazifalari tushuntirilib, kelajakdagi rejalar to'g'risida kelishib olindi. Ular bilan birgalikda hududlarning tuman - shahar kesimida mavjud IT markazlar, kibersport klublari, yirik sport majmualari hamda sport - sog'lomlashtirish inshootlarida Fidjital sport tadbirlarini o'tkazish uchun mos inshootlar imkoniyatini tanlanma asosida ko'zdan kechirildi hamda ularning ro'yxati shakllantirildi. 

🏆 Eslatib utamiz joriy yilning oktyabr noyabr oylarida mamlakatimizning barcha xududlarida birinchi bor Fidjital sport uyinlari bulib utadi.