Belarussiyaning Fidgital sport federatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
27.09.2024

📌 Joriy yilning 26-27-sentyabr kunlari fidgital sportni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik doirasida  Belarus poytaxtiga O‘zbekiston Fidgital sport federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Jasur Anvarovich Akramov va O‘zbekiston Fidgital sport federatsiyasi bosh kotibi Elbek Azimovich Mahmudovning Minsk shahriga tashrifi amalga oshirildi.

⚡️ Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Belarussiyaning Fidgital sport federatsiyasi raisi Andrey Aleksandrovich Makarenko bilan birgalikda Belarus Milliy Olimpiya Qo'mitasida uchrashuv o‘tkazishdi.
 


➡️Shuningdek, Belarussiya Respublikasi Sport vazirligida vazir oʻrinbosari Aleksandr Vikentyevich Doroxovich bilan ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda fidgital sportni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi.

✅Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifidan koʻzlangan maqsad Belarussiyaning fidgital sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish, hamkorlikni muhokama qilish va hamkorlikda tadbirlar oʻtkazishdan iborat edi.