🔥 O‘zbekiston phygital sportda yuqori natijalarni qayd etdi!
🌍 Xalqaro phygital hamjamiyatining jamoaviy reyting jadvali e’lon qilindi va O‘zbekiston jamoasi ushbu reytingda 11-o‘rinni egalladi!
2024 yil davomida o‘tkazilgan phygital sport musobaqalarida O‘zbekiston jamoasi o‘z ballarini orttirib, xalqaro maydonda o‘zining raqobatbardoshligini namoyish etdi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:
⚽️ Phygital-futbol – 12-o‘rin
🏀 Phygital-basketbol – 9-o‘rin
💃 Just Dance (Phygital raqs) – 8-o‘rin
✅ Reytingning asosiy ahamiyati shundaki, 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Kelajak o‘yinlari – 2025" musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
3-26-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa xalqaro kvalifikatsiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🚀 Yurtimizda phygital sportga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda va O‘zbekiston Phygital Sport Federatsiyasi 2025 yilda quyidagi musobaqalarni tashkil etishni rejalashtirgan:
🏆 O‘zbekiston Chempionati va O‘zbekiston Kubogi
📍4 ta Respublika turniri
🌍 BRICS davlatlari sport o‘yinlari va “Kelajak o‘yinlari – 2025”
📢 O‘zbekiston jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va yuqori natijalarga erishish uchun harakatni davom ettiradi! 💪