📢 O‘zbekiston Fidjital-sport federatsiyasi va Jamoat Xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 🤝🎮
📢 O‘zbekiston Fidjital-sport federatsiyasi va Jamoat Xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 🤝🎮
📅 Joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Fidjital-sport federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Tantanali marosimda Fidjital-sport federatsiyasi bosh kotibi E.Maxmudov hamda Jamoat Xavfsizligi universiteti boshlig‘ining axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari I.Murakayev ishtirok etishdi.
🤝 Mazkur memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi:
✅ Fidjital sport turlarini rivojlantirish
✅ Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish
✅ Qo‘shma tadbirlar o‘tkazish (seminarlar, treninglar, turnirlar, musobaqalar)
✅ Tajriba almashish va akademik hamkorlikni kengaytirish
Bu kelishuv fidjital sporti rivojida yangi bosqich bo‘lib, yosh sportchilar va mutaxassislar uchun katta imkoniyatlar yaratadi! 🚀🏆
Fidjital sport – kelajak sporti!