O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida fidjital sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida fidjital sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
28.02.2025

⚡️ 2025-yil 25-27 fevral kunlari Jamoat xavfsizligi universitetida Ikkinchi jahon urushida qo‘lga kiritilgan g‘alabaning 80 yilligi va “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda O‘zbekiston Fidjital sport federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida fidjital sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
 

🔥 Musobaqalar Fidjital futbol (FIFA 24 Futbol 2x2), fidjital basketbol (3x3 EA), lazertag (taktik otish) hamda dronlar bellashuvi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.


🌟 3 kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Chirchiq oliy tank-qo‘mondonlik bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti, Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi hamda Qurolli Kuchlar akademiyasidan jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.


🏅 Musobaqa yakuni bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:


⚽️ Fidjital futbol yo‘nalishida:
🥇 Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi;
🥈 Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi;
🥉 Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi jamoasi.


⛹️ Fidjital basketbol yo‘nalishida:
🥇 Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi;
🥈 Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi;
🥉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi.


🎯 Lazertag (taktik otish) yo‘nalishida:
🥇 Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi;
🥈 Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi;
🥉 Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi.


🚁 Dronlar bellashuvida:
🥇 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi;
🥈 Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi;
🥉 Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi.
 

🏆 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom, medal va kubok bilan taqdirlandilar.