Fidjital sport sohasida xalqaro hamkorlik!
⚡️ Bugun, 4 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasi Fidjital sport federatsiyasi Bosh kotibi E. Mahmudov va federatsiya raisi o‘rinbosari J. Akramov Tailandning ESport federatsiyasi bosh kotibi Panupong Ongkhunarak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🌐 Fidjital sporti jahon arenasida tobora ahamiyat kasb etayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning rivoji mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashishni talab etadi.
🤝 Shu nuqtayi nazardan, o‘tkazilgan uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, sohani birgalikda rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
💥 Shuningdek, uchrashuvda fidjital sportini ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlari hamda jahondagi zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda sohani yangi bosqichga olib chiqish xususida fikr almashildi.