Oʻzbekistonda Phygital sportni rivojlantirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi
Oʻzbekistonda Phygital sportni rivojlantirish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi
14.03.2025
📅Oʻzbekiston Respublikasi Phygital sport federatsiyasi Bosh kotibi Elbek Mahmudov va Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Agrippina Shin oʻrtasida uchrashuv boʻlib o‘tdi.
🤝Uchrashuv davomida Phygital sport sohasida hamkorlik, bolalarni sportga jalb etish va Phygital dasturlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yoshlar orasida Phygital sportni ommalashtirishga qaratilgan qoʻshma loyihalar va taʼlim tashabbuslari yuzasidan fikr almashdilar.