Yangi hamkorlik – yangi imkoniyatlar!
📝Joriy yilning 16-aprel sanasida O‘zbekiston Fidjital sport federatsiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida muhim Hamkorlik memorandumi imzolandi!
🎯 Hamkorlikning asosiy vazifalari:
🔹 Talaba-yoshlarni zamonaviy fidjital sport turlariga jalb qilish,
🔹 Ijodkor va raqobatbardosh yoshlar salohiyatini rivojlantirish,
🔹 Sportchilar va geymerlar uchun ilhom manbai bo‘ladigan tadbirlarni tashkil etish,
🔹 Iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishni maqsad qiladi.
🚀 Hamkorlik doirasida:
📌 Qo‘shma tadbirlar tashkil etiladi
📌 Fidjital sport turlari rivojlantiriladi
📌 Yoshlar Xalqaro musobaqalarga tayyorlanadi
🏆 Ushbu imzolangan memorandum doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida dastlabki fidjital sport o‘yinlari joriy yilning may-iyun oylarida 2 bosqichda o‘tkazilishi kelishib olindi!