”Kelajak oʻyinlari – 2027” uchun navbatdagi muhim qadam!
”Kelajak oʻyinlari – 2027” uchun navbatdagi muhim qadam!
21.04.2025
🏟 Joriy yilning 16–18 aprel sanalarida Toshkent shahriga Fidjital Xalqaro tashkiloti delegatsiyasi a'zolari tashrif buyurishdi. Delegatsiya a'zolari Oʻzbekistonning 2027 yilgi Kelajak oʻyinlariga mezbonlik qilish boʻyicha taqdim etgan arizasini baholash maqsadida tashrif buyurib, “Olimpiya shaharchasi”, “Humo Arena”, “Yunusobod sport majmuasi”, “CAEx koʻrgazmalar markazi” va boshqa obyektlar bilan tanishishdi.
🤝 Tashrif yakunida inspektsion guruh hukumat va tashkilotchilar tomonidan koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun minnatdorchilik bildirgan holda, tayyorgarlik darajasi katta taassurot qoldirganini ma’lum qilishdi.
📅 “Kelajak oʻyinlari – 2027” musobaqasiga mezbonlik qiluvchi davlat may oyi oxirida BAAda e’lon qilinadi.