Jamoamiz – O‘zbekiston terma jamoasi – Qozonda, Tatariston Respublikasida o‘tayotgan “Islom mamlakatlari o‘rtasidagi 3x3 xokkey bo‘yicha xalqaro turnir”da ishtirok etmoqda.
Jamoamiz – O‘zbekiston terma jamoasi – Qozonda, Tatariston Respublikasida o‘tayotgan “Islom mamlakatlari o‘rtasidagi 3x3 xokkey bo‘yicha xalqaro turnir”da ishtirok etmoqda.
09.06.2025
✅ Qozonda 2025 yil 8–11 iyun kunlari “ORXIS Kubogi” deb nomlangan islom mamlakatlari o‘rtasidagi 3x3 xokkey bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.
🌏 Turnirda Bahrayn, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Ummon, O‘zbekiston va Tatariston terma jamoalari ishtirok etmoqda.
💥 Bellashuvlar “Tatneft Arena” muz maydonida o‘tkazilmoqda hamda turnirga “Ak Bars” xokkey klubi ko‘mak bermoqda. Turnir 3x3 formatida bo‘lib, bu uni yanada dinamik va tomoshabop qiladi.
🏆 Jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazishmoqda. 11 iyun kuni final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va g‘olib hamda sovrindor jamoalar aniqlanadi.