Muhim uchrashuv — "ORXIS Kubogi"da!
✅ O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasi bosh kotibi Elbek Mahmudov islom mamlakatlari o‘rtasidagi xalqaro turnir doirasida jahon xokkey afsonasi, Rossiya Xokkey federatsiyasi prezidenti Vladislav Tretyak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Tomonlar fijital xokkey va 3x3 yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, jumladan, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, bolalar va o‘smirlar yo‘nalishini rivojlantirish hamda qo‘shma turnirlar o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
⚡️ Uchrashuv yakunida afsonaviy darvozabon O‘zbekiston terma jamoasiga "ORXIS Kubogi" xalqaro turnirida omad tilab, respublikada xokkeyning ulkan kelajagiga ishonch bildirdi! 💪🔥
❄️ Xokkey — bu faqat sport emas. Bu muloqot, do‘stlik va kelajak avlodimiz uchun yangi ufqlar demakdir!