O‘zbekiston — ORXIS Kubogida A guruhida kumush medal sohibi!
✅ O‘zbekistonning xokkey bo‘yicha terma jamoasi 8–11 iyun kunlari Qozon shahridagi "Tatneft Arena" muz saroyida bo‘lib o‘tgan islom mamlakatlari o‘rtasidagi III Xalqaro xokkey turniri — "ORXIS Kubogi" doirasida A guruhi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🏒 Hal qiluvchi bahsda o‘zbekistonlik xokkeychilar Livan Respublikasi jamoasiga qarshi maydonga tushib, ishonchli va jadal o‘yin namoyish etdilar.
🌍 Turnir 3x3 formatida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Baxrayn, Eron, Ummon va Rossiyaning Tatariston Respublikasi jamoalaridan iborat 8 ta erkaklar havaskor jamoalari ishtirok etdi.
📌 Musobaqa “Tatneft” kompaniyasi tomonidan, 2023-yilda Qozonda tashkil etilgan Islom mamlakatlari xokkeyini rivojlantirish tashkiloti — ORXIS ko‘magida o‘tkazildi.
👏 Terma jamoamizni yuksak natija bilan qutlaymiz! 🇺🇿