NAVAI klubi O‘zbekiston nomidan xalqaro maydonda!

NAVAI klubi O‘zbekiston nomidan xalqaro maydonda!
25.07.2025

📅 2025 yil 25–29 iyul kunlari BAAning Abu Dabi shahrida Phygital Contenders: Abu Dhabi – Football saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 21 ta jamoa “Kelajak o‘yinlari – 2025” musobaqalariga yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda.

O‘zbekiston sharafini NAVAI klubi E guruhida himoya qilmoqda. Ular AQSH va Keniya jamoalari bilan bahs olib boradi. Qur’a tashlash marosimi 24 iyul kuni bo‘lib o‘tdi va bugun jamoamiz musobaqani boshladi.

⚽️ Musobaqa formati o‘ziga xos: avval raqamli simulyatorda futbol, so‘ng mini-futbol maydonida real o‘yin. G‘olib ikki bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

 

🔥 Jamoamiz dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazib, musobaqaga to‘liq tayyor holatda turibdi. Oldinda keskin bahslar kutmoqda. Shunday paytda muxlislar qo‘llab-quvvati juda muhim!